Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti kitobxonlik madaniyatini baholash tizimi
Qatnashish shartlari
-
Testni faqat joriy oʻquv yili yaʼni 2025-2026-yilgi bakalavriat kunduzgi taʼlim yoʻnalishlarining 1-kurs va 2-kurs, magistraturaning 1-kurs talabalari topshirishi mumkin
-
GPA koʻrsatkichi 3,5 va undan yuqori boʻlishi talab etiladi
Qatnashish qoidalari
Testda ishtirok etish uchun quyidagi bosqichlarni ketma-ket bajaring.
-
1
Qatnashish shartlari talabiga mos kelishingizni tekshiring va Kirish tugmasiga bosing, Hemis orqali kirishni tanlang — siz student.ndpi.uz saytiga avtomatik yoʻnaltirilasiz.
-
2
Hemis tizimida oʻz akkauntingizga kirganingiz zahoti sizdan Grantga ruxsat berish oynasi paydo boʻladi. Ruxsat berish tugmasini bosing va siz yana ushbu saytdagi kabinetingizga avtomatik tarzda kirasiz.
-
3
Kabinetda “Kitobxonlik madaniyatini aniqlash” testi qoidalari bilan tanishib chiqing va Testni boshlash tugmasini bosing.
-
4
Berilgan vaqt oraligʻida test javoblarini belgilang va Testni yakunlash tugmasini bosing. Test yakunida natijangiz bilan tanishing va natijangizni PDF fayl tarzida yuklab oling.
-
5
Ushbu yuklab olingan PDF faylni my.hemis.uz tizimidagi Ijtimoiy faollik indeksining Kitobxonlik madaniyati boʻlimiga yuklang va tyutoringiz tomonidan baholanishini kuting.
Foydali havolalar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2025 yildagi 149-son qarori
Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida